O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi
2019-02-01 | Sport
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sport turlari boʻyicha mamlakat miqyosidagi musobaqalarni hududlarda oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Jumladan, vazirlikning 2019-yilga moʻljallangan ommaviy-jismoniy tarbiya va sport tadbirlar taqvim rejasida yengil atletika boʻyicha 2006-2007 yilda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatini joriy yilning 30-yanvar - 1-fevral kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi belgilangan.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Samarqand olimpiya zaxiralari tayyorlash majmuasida ushbu musobaqaga start berildi.
Chempionat davomida atletlar 60, 300, 600, 1000 metrga yugurish, 60 metrga toʻsiqlar osha yugurish, yadro uloqtirish,uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash, 4x200 metrlik estafeta yoʻnalishlarida kuch sinashadilar.
Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan jami 268 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Voqealar rivojini sahifalarimizda kuzatib boring!