O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fan
Xitoy – Markaziy Osiyo: hamkorlikning yangi imkoniyatlari 23.10.2019SiyosatXitoy Xalq Respublikasining Nannin shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” VII hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumning asosiy maqsadi Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida turli jabhalardagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan. |
O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari 19.10.2019Fan2019-yil 18-oktabr kuni O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi. |
16.10.2019Innovatsiya Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan iborat delegatsiyasining Hindistonga tashrifi davomida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi oʼrtasida imzolangan memorandum doirasida tayyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasi Fan va texnologiyalar departamenti oʼrtasida “2019-2022 yillarda fan, texnologiya va innovatsiya sohasida hamkorlik dasturi” tasdiqlandi. |
16.10.2019Innovatsiya Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan iborat delegatsiyasining Hindiston Respublikasiga xizmat safari davomida Hindiston ilmiy-innovatsion faoliyat subʼektlari – ilmiy markazlar, innovatsiya va texnologiyalar transferi markazlari, texnoparklar faoliyati va tajribasini oʼrganish maqsadida tashriflar va uchrashuvlar tashkil etildi. |
16.10.2019Fan Xitoy xalq Respublikasining Shandong (Shan Dong) provintsiyasida joylashgan Shandong Fanlar akademiyasi Avtomatika institutining “Suv osti robotlari” bo‘limi professori Jang Dong (Zhang Dong), “Texnologik bozorlar assotsiatsiyasi” raisi Li Ksing Jou (Li Xing Zhou) hamda “Shan Dong Eclat Science &Technology Development Co. Ltd” kompaniyasi ijrochi direktori Ki Changxay (Qi ChangHai) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutiga tashrif buyurdilar. |
Buyuk Britaniya Elchisi bilan uchrashuv 15.10.2019Siyosat2019-yil 14-oktyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
15.10.2019Innovatsiya Germaniyaning innovatsion ekotizimi va ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarga chiqqan yosh olimlardan iborat delegatsiya Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari vazirlik faoliyati haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʼlish bilan bir qatorda turli interfaol mashgʼulotlar orqali oʼz ilmiy ishlari va tadqiqotlari natijalarining yurtimiz ilm-fan va innovatsion ekotizimida qanday oʼrin egallashi mumkinligini tahlil qildilar. |
Innovatsiya vazirligi Yaponiya bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlamoqda 11.10.2019FanOʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʼrinbosari v.b. Sharof Rajabboev boshchiligidagi delegatsiya Tokioning Kioto shahriga tashrif buyurdi. Delegatsiya rahbari “Ilm-fan texnologiyalarning jamiyatdagi oʼrni” 16-yillik Forumi doirasida tashkil etilgan vazirlar ishtirokidagi davra suhbatida qatnashdi. |
09.10.2019Fan Joriy yilning 7 oktyabr kuni BMTning Oʼzbekistondagi Taraqqiyot Dasturi Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda «Аkselerator laboratoriyasi» deb nomlangan yangi tashabbusni yoʼlga qoʼydi. Mazkur laboratoriyani rasman ishga tushirish marosimi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazida boʼlib oʼtdi. Tadbirda BMT TDning Oʼzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska hamda Innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Аzimjon Nazarov ishtirok etdi. |
Germaniya yosh olimlarimizni iliq kutib oldi 08.10.2019FanOʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishi uchun tanlov asosida saralab olingan 13 nafar oʼzbekistonlik yosh olimlar stajirovkaning birinchi kuni Byut amaliy fanlar universiteti hamda Leybnits ilmiy assotsiatsiyasiga tashrif buyurdilar. |
Dunyoning yetuk fiziklari O’zbekistonda 25.09.2019Fan24 -sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti BBP-CM rusumidagi tadqiqot reaktorining 60 yilligiga bag’ishlangan “Yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzusidagi an’anaviy IX Xalqaro konferensiya O’zR FA Temuriylar tarixi muzeyida o’z ishini boshladi. |
Oliy ta’lim tizimida UNICA tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda 16.09.2019FanJoriy yil 16-sentabr kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida UNICA tashkiloti Bosh direktori Kris Deyonskire - (Kris Dejonckheere) rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. |
13.09.2019Ta’lim 12-sentabr kuni tanlab olingan 6 yosh tadqiqotchilar Yaponiyaga kuzatish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bir qator vazirlik, idoralar va O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasidan vakillari taklif etilgan. Tadbir davomida Yaponiyaga jo‘nab ketayotgan yosh tadqiqotchilar o‘zlarning tayyorlangan tadqiqot mavzulari bo‘yicha taqdimot namoyish etdilar. |
09.09.2019Fan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Taʼlim va tadqiqotlar boʻyicha Germaniya federativ vazirligi bilan hamkorlikda puxta tadqiqot rejasiga ega 15 tagacha oʻzbekistonlik yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun grant dasturini eʼlon qilgan edi. |
O‘zbekistonda sholichilik tadqiqotlari markazi hamda laboratoriyasi tashkil etiladi 07.09.2019FanMamlakatimizda sholi yetishtirishda xorij davlatlarining eng ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, sholining yangi navlarini yaratish va uni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish, mutaxassislarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. |
07.09.2019Fan Joriy yilning 30-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan “Elsevier” rahbarlari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. |
Oʼzbekiston–Belarus: ikki tomonlama ilmiy-texnik va innovatsion sohadagi hamkorlik istiqbollari 06.09.2019FanOʼtgan ikki yil mobaynida Oʼzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Davlat rahbarlarining oliy darajadagi samarali muzokaralari ikki mamlakat oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlikning sifat jihatdan yangi bosqichga koʼtarish va aniq natijalarni qoʼlga kiritish imkonini bermoqda. |
Toshkentda «Investor: Oʼzbekiston uchun kurs» xalqaro konferentsiyasi boʼlib oʼtadi 05.09.2019IqtisodiyotJoriy yilning 26-sentabr kuni Profi Training biznes maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi koʼmagida «Investor: Oʼzbekiston uchun kurs» konferentsiyasi boʼlib oʼtadi. Konferentsiyada ishtirok etish uchun startapchilar, biznes vakillari, tadbirkorlar, moliyachilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, yuristlar, auditorlar va soliq maslahatchilarini taklif etamiz. |
Innovatsion rivojlanish vaziri Xitoyning ilm-fan va texnika vaziri bilan uchrashdi 29.08.2019SiyosatOʻzbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy safari doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 28-avgust kuni Xitoyning ilm-fan va texnika vaziri Van Chjigan bilan uchrashdi. Janob Chjigan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ikki davlat oʻrtasidagi ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlashdagi hissasiga yuqori baho berdi, Oʻzbekiston bilan bu sohadagi aloqalarni oʻrnatish Xitoy tomoni uchun muhim ekanini taʼkidladi. |