O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbek - Yapon yoshlar innovatsiya markazida yosh olimlarni Yaponiyaga o‘qishga kuzatish tabdiri bo‘lib o‘tdi
2019-09-13 | Ta’lim
12-sentabr kuni tanlab olingan 6 yosh tadqiqotchilar Yaponiyaga kuzatish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda bir qator vazirlik, idoralar va O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasidan vakillari taklif etilgan. Tadbir davomida Yaponiyaga jo‘nab ketayotgan yosh tadqiqotchilar o‘zlarning tayyorlangan tadqiqot mavzulari bo‘yicha taqdimot namoyish etdilar.
O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-sonli “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (ToshDTU) huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini (Markaz) tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori asosida Markaz o‘z faoliyatini boshlangan.
Yaponiya tomonidan Sukuba, Nagoya, Keyo universitetlari, Toyoxashi Texnologiya universiteti va Tokio texnologiya instituti Markazning hamkorlari hisoblanadi. Yaponiya tomoni bilan kelishilgan holda Markazda tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘yidagi laboratoriyalari faoliyat yuritmoqda: mashinasozlik va materialshunoslik; kimyo va neft-kimyo; konchilik ishi va mineral-xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va energetika. Markaz faoliyatini faollashtirish va Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun JICA tomonidan 2019-yil 2 yilga janob Yukinori Yanagida menejer mutaxassisi tayinlandi.
Markazning yapon universitetlari bilan birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida janob Yukinori Yanagida menejment bo‘yicha mutaxassis sifatida doimiy ravishda o‘z faoliyatini olib boradi.
Yaponiya yetakchi universitetlari bilan tuzilgan kelishuvlar va takliflariga binoan oxirgi uch yilda jami 14 nafar Markaz xodimlari va ToshDTU yosh olimlari Yaponiya universitetlarida malaka oshirib kelishdi.
So‘ngi uch yilda Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Keyo, Tokio texnologiya instituti, Toyoxashi texnologiya va Kyusyu universitetlari Markaz bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Markazda ilmiy-tadqiqot yutuqlari bilan almashish maqsadida Yaponiyaning xamkor universitetlari professorlari, Markaz xodimlari, ToshDTU professor-o‘qituvchilari hamda sanoat mutaxassislari bilan birgalikda bir nechta akademik haftalik, seminar va konferentsiyalar o‘tkazildi.
2018-yil 11-dekabrda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Markaz o‘rtasida bitim imzolandi. Imzolangan bitim asosida birinchi bosqichda Yaponiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlariga uzoq muddatli o‘qishga 6-8 nafar yosh tadqiqotchilarni va qisqa muddatli o‘qishga Markaz xodimlarini yuborilishi (2019-2022 y.y.) va Ikkinchi bosqichda JICA granti (2022-2024 y.y.) hisobiga Markazni yuqori texnologiyali laboratoriya jihozlari bilan jihozlash rejalashtirilgan.
O‘qish jarayoni doktoranturada uch yil va magistraturada ikki yil davom etadi. O‘qish tugaganidan so‘ng yosh tadqiqotchilar Markazda va Toshkent davlat texnika universitetida mehnat faoliyatini davom ettiradilar. Markazni JICA granti asosida zamonaviy tadqiqot uskunalari bilan jihozlash uchun ro‘yxat shakllantiriladi, shuningdek, ular yangi zamonaviy yuqori texnologiyali jihozlardan foydalanish bo‘yicha ham o‘qitiladi.
Imzolangan JICAning "Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbek-yapon yoshlar innovatsiya markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatining potentsialini kuchaytirish" loyihasi asosida Yaponiya universitetlarida magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun yosh tadqiqotchilardan 6 nafar nomzod tanlab olingan bo‘lib, ular sentyabr-oktyabr oylarida Yaponiyaga jo‘nab ketishadi.