O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Innovatsiya elchilari” Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligiga tashrif buyurdilar

2019-10-15 | Innovatsiya

Germaniyaning innovatsion ekotizimi va ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarga chiqqan yosh olimlardan iborat delegatsiya Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolari vazirlik faoliyati haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʼlish bilan bir qatorda turli interfaol mashgʼulotlar orqali oʼz ilmiy ishlari va tadqiqotlari natijalarining yurtimiz ilm-fan va innovatsion ekotizimida qanday oʼrin egallashi mumkinligini tahlil qildilar.

Tadqiqotchilar bilan terning mashgʼulotlarini oʼtkazgan dr. Xendrik Meurs oʼzbekistonlik yosh olimlarning salohiyat va imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
 
— Oʼzbekistonga men besh yil avval borgandim, – dedi X. Meures. – Аgar oʼsha paytlari yurtingizda hozirgidek oʼzgarishlar boʼladi, deb aytishsa ishonmagan boʼlardim. Chuqur islohotlar bilan bir qatorda odamlarning ochiq fikrlashi, muammolarni baralla aytib, ularning yechimini topishga harakat qilinayotgani jamiyatning tubdan oʼzgarayotganining dalilidir.
 
Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligi mutasaddilari turli olmon universitetlari, texnoparklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati bilan tanishayotgan delegatsiya aʼzolarini “innovatsiya elchilari” deb tilga olishayotgani eʼtiborga loyiqdir. Аynan mana shu delegatsiya aʼzolarining xorijiy tajribaga tayanib amalga oshiradigan ilmiy ishlari natijalari va innovatsion ishlanmalari Oʼzbekiston-Germaniya ilm-fan sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
 
Olmon ilm-fani rivoji xalqaro hamkorlik bilan chambarchas bogʼliq ekani taʼkidlanib, bu sohadagi aloqalarni mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Xususan, doktor Meures Innovatsion rivojlanish vazirligining xalqaro munosabatlarini yanada takomillashtirish ishlarida ekspert vazifasini bajarish mumkinligi taklifi bilan chiqdi.
 
Berlin boʼylab sayohatlarini yakunlagan yosh olimlarimiz joriy haftada Germaniyaning Xalle, Leyptsig va Drezden shaharlarida boʼlib, mazkur shaharlardagi yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati bilan tanishadilar.

Поделиться