O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yosh olimlarning Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun grant dasturining ikkinchi bosqichiga oʻtgan nomzodlar diqqatiga
2019-09-09 | Fan
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Taʼlim va tadqiqotlar boʻyicha Germaniya federativ vazirligi bilan hamkorlikda puxta tadqiqot rejasiga ega 15 tagacha oʻzbekistonlik yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishlari uchun grant dasturini eʼlon qilgan edi.
2019-yilning 31-avgustiga qadar 86 nafar nomzod ushbu dasturga qiziqish bildirib onlayn ariza topshirdi. Arizalar Innovatsion rivojlanish vazirining germaniyalik yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns boshchilik qilgan, vazirlik mutasaddi xodimlaridan tashkil topgan komissiya tomonidan koʻrib chiqildi va tanlov mezonlari asosida baholandi.
Natijalarga koʻra quyidagi 22 nafar yosh olim tanlovning ikkinchi bosqichiga taklif qilinadi:
Tanlovning ikkinchi bosqichi suhbat shaklida boʻlib, bunda har bir nomzod ushbu dasturda qatnashishdan koʻzlagan maqsadlari, tadqiqot rejasi haqidagi savollarga javob berishlari talab etiladi. Shu sabab, barcha nomzodlar tadqiqot rejalari taqdimot materiallari bilan 13-sentyabr (Juma) kuni soat 10.00 da Ilgʻor texnologiyalar markaziga kechikmay yetib kelishlari soʻraladi. Suhbat ingliz tilida boʻladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlovning keyingi bosqichiga oʻta olmagan nomzodlarning ishtiroki uchun chuqur tashakkur izhor etgan holda, vazirlik tomonidan tashkillashtiriladigan keyingi dasturlarda yanada faol ishtirok etishga chorlab qoladi.