O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy – Markaziy Osiyo: hamkorlikning yangi imkoniyatlari

2019-10-23 | Siyosat

Xitoy Xalq Respublikasining Nannin shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo” VII hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumning asosiy maqsadi Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida turli jabhalardagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Taʼkidlash joizki, bugun Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichda davom etmoqda. Bu jihatlar ishlab chiqarish, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ilm-fan, taʼlim va boshqa jabhalarda yaqqol koʻzga tashlanadi.
 
Bunda, albatta, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin oʻrtasidagi doʻstona munosabat va hamjihatlikda erishilgan kelishuvlar muhim omil boʻlmoqda.
 
Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini uzluksiz va izchil rivojlantirishga erishish maqsadida “Bir makon, bir yoʻl” loyihasini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
 
Bu loyiha doirasida ikki va koʻp tomonlama iqtisodiy munosabatlarni yanada ravnaq toptirish, transport, logistika, tranzitga oid yangi imkoniyatlarni ishga solishga erishilmoqda.
 
SHHT bosh kotibi Vladimir Norovning fikricha, bugungi global davrda yaqin hamkorlik mamlakatlarning yanada taraqqiy etishi, ijtimoiy barqarorlik, tinchlik sari keng yoʻl ochadi.
 
Forumda xitoylik mutaxassislar, olimlar, ekspertlar bilan birga, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Singapur, Tailand, SHHT va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining tegishli soha vakillari ishtirok etdi.
 
Forum doirasidagi yigʻilishlarda koʻp tomonlama saʼy-harakatlarni birlashtirgan holda oʻzaro hamkorlikning hozirgi holati, kelgusidagi istiqbollari, rejalar muhokama etildi. Yer usti va dengiz yoʻli boʻylab transchegaraviy logistika, elektron tijorat, “Aqlli shaharlar”ni rivojlantirish, sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya tizimida birgalikdagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi doirasidagi bunyodkorlikka xotin-qizlar saʼy-harakatlarini ham birlashtirish kabi masalalar xususida batafsil soʻz yuritildi.
 
Bir soʻz bilan aytganda, “Xitoy – Markaziy Osiyo” VII xalqaro hamkorlik forumi innovatsiyalarni rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, bu yoʻnalishda yangi imkoniyatlarni ishga solish, Xitoy va Markaziy Osiyo, SHHT, ASEAN mamlakatlari oʻrtasida mustahkam munosabatlar oʻrnatish, uni tobora rivojlantirish uchun samarali platforma yaratish imkonini bergani bilan ahamiyatli boʻldi.
 
Nazokat USMONOVA, OʻzA maxsus muxbiri.

Поделиться