O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Elsevier” Oʼzbekiston olimlari uchun Proofreading xizmati kontseptsiyasini ishlab chiqishga yordam beradi

2019-09-07 | Fan

Joriy yilning 30-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan “Elsevier” rahbarlari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv davomida Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi direktori Shahobjon Sharifov va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi ijrochi direktori Bunyodjon Oxunov vazirlik olimlarini qoʼllab-quvvatlash va ularning ishlarini “Scopus” reytingiga kirgan jurnallarda nashr qilish boʼyicha strategik rejalari bilan oʼrtoqlashdilar.

“Elsevier”ning Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy direktori Аliya Ospanova oʼzbek olimlarining ishlarini dunyoda tan olingan ilmiy jurnallarida nashr qildirish, shu orqali maqolalarning soni va sifati oshirish muhimligini taʼkidladi, undan tashqari respublikadagi har bir olimga yordam beradigan mexanizm yaratish zarurligini qayd etdi. Shubhasiz, hozirda “Scopus” platformasida yurtimiz olimlarining ilmiy maqolalarining chop etilishi mamlakatimiz oliy taʼlim muassalalarining xalqaro universitetlar reytingidan oʼrin olishi hamda respublikamizning GII (Global innovatsion indeks) va GCI (Global raqobatbardoshlik indeksi)ga kirishi uchun oʼta muhimdir.

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va “Elsevier” oʼrtasida boʼlib oʼtgan uchrashuv davomida strategik hamkorlik toʼgʼrisidagi kelishuvga erishildi.

Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi olimlarning ilmiy maqolalarini yuqori reytingli ilmiy jurnallarda nashr etishga koʼmaklashish maqsadida “Proofreading Service” xizmatini taklif etmoqda.

Proofreading — bu olimlar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqola matnini yuqori baholangan jurnallarning talablariga muvofiq tahrirlash, yozma ingliz tilidagi matnni takomillashtirish, imlo va grammatik xatolarni bartaraf etish, belgilangan texnik talablarga moslashtirishdir.

Ushbu xizmatdan nafaqat mamlakatdagi barcha tashkilotlarda oʼz faoliyatini olib borayotgan olimlar va mutaxassislar foydalanishi, balki Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʼlmagan shaxslar ham qoʼllashlari mumkin.

Поделиться