O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya yosh olimlarimizni iliq kutib oldi

2019-10-08 | Fan

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda Germaniya tadqiqot institutlarida ikki hafta davomida malaka oshirishi uchun tanlov asosida saralab olingan 13 nafar oʼzbekistonlik yosh olimlar stajirovkaning birinchi kuni Byut amaliy fanlar universiteti hamda Leybnits ilmiy assotsiatsiyasiga tashrif buyurdilar.

Oʼzbekistonlik yosh olimlarni Byut universitetning ilmiy tadqiqotlar boʼyicha vitse-prezidenti prof. Koxler kutib oldi va universitet bilan tanishtirdi. Universitetda bugunga kunda 13 000 nafarga yaqin talabalar 70 dan ziyod bakalavr va magistrlik kurslarida tahsil olmoqdalar. Аsosan aniq fanlarni oʼqtishga moʼljallangan ilm dargohida ham nazariy, ham amaliy bilimlar beriladi. Boʼlajak muhandislarga professor-oʼqituvchilar bilan bir qatorda ishlab chiqarishda bevosita faoliyat yuritadigan mutaxassilar tomonidan saboq berilishi mazkur universitetning oʼziga hos jihatlaridandir. Talabalarning ishlab chiqarishda amaliyot oʼtashlari esa oʼz navbatida ularning boʼlgʼusida ish joyi bilan taʼminlanishlariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan qatorda har bir universitet bitiruvchisi oʼz ilmiy loyihasi boʼlgan taqdirdagina universitet diplomini qoʼlga kiritishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning real sektori bilan mustahkam aloqalarning oʼrnatilgani sanoat, iqtisodiyot sohasida mavjud muammolarni ilmiy asoslangan yechimini topishga xizmat qiladi.

Byut universitetida taʼlim barcha federal universitetlar kabi bepul boʼlib, talabalarga tranport, turar-joy harajatlari boʼiycha ham qator imtiyozlar koʼzda tutilgan. Bu yerda xorijiy talabalarning oʼqishi ham bepul ekani diqqatga sazvordir. Faqat talabalar olmon tilini mukammal bilsalar kifoya. Universitet doirasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining harajatini yarmi federal byudjet xisobidan qoplansa, qolgan yarmini tadqiqot buyurtmachisi toʼlaydi.

Universitet mutasaddilari xalqaro hamkorlik borasida alohida taqdimot oʼtkazib, Oʼzbekiston bilan ham taʼlim, ilm-fan sohalarida hamkorlik qilishga qiziqishlari borligini qayd etdilar. Yosh olimlar oʼz navbatida universitetdagi startap-inkubatorlar, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari, grantlar tizimi haqida ham maʼlumotlar oldilar. Universitet boshqaruvi, umuman Germaniyadagi taʼlim menedjmenti oʼzbekistonlik tadqiqotchilarning diqqat markazida boʼldi.

Kunning ikkinchi yarmidaa tadqiqotchilarimiz Leybnits assotsiatsiyasi professori Veronika Tanner bilan uchrashdilar. Tanner xonim 95 ta mustaqil ilmiy muassalalarni oʼz ichiga oladigan Leybnits assotsiatsiyasi faoliyati haqida soʼzladi. Leybnits assotsiatsiyasi aʼzolari beshta yoʼnalish boʼyicha ish olib boradilar, bular “gumanitar va taʼlim”, “iqtisod, ijtimoiy fanlar”, “tabiiy fanlar”, “matematika va muhandislik” hamda “atrof muhit muhofazasi” yoʼnalishlaridir. Mazkur sektsiyalarning asoosiy vazifasi hamkorlik va tajriba almashish, ushningek yosh tadqiqotchilarni qoʼllab-quvvatlashdan iborat.

Поделиться