O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Dushanbe. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi

29.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

ShHT mamlakatlari atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ushbu asosiy tadbir joriy yilning sentyabr' oyida Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT Davlatlari rahbarlari Sammiti arafasida bo‘lib o‘tmoqda.

Buyuk Britaniya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

29.07.2021Ta’limManba: O'zA

Toshkent xalqaro ta’lim universiteti va University of Portsmouth Higher Education (Buyuk Britaniya) oliy ta’lim sohasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Gruziyalik ekspertlar bilan hamkorlik

28.07.2021SiyosatManba: O'zA

Gruziya Respublikasidan tashrif buyurgan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert Giorgi Sxakaya Nurafshon shahrida bo‘lib Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Abdusattorov bilan uchrashdi.

Latviya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

28.07.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan videomuloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Jamshid Xodjaev Rimda o‘tkazilgan vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi

28.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Italiyada bo‘lib o‘tgan BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha pre-sammitiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) prezidenti Jil'ber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dushanbe. Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv

28.07.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Ahmadjon Sheralizoda bilan uchrashdi.

DBRK va Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi

27.07.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Joriy yilning 26-27-iyul kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Bokijonov boshchiligidagi delegatsiyasi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasida ishtirok etdi.

Latviya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti

27.07.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Latviya elchisi Mixails Popkovsni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi.

Do‘stligimiz mustahkam va abadiy bo‘lsin

27.07.2021MadaniyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida mazkur qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Minnatdorlik

26.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Tavallud topgan kunim munosabati bilan chin yurakdan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yo‘llagan chet el davlat va hukumat, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblariga, ishbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bo‘lgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorligimni izhor etaman.

Samimiy qutlovlar

26.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  qator xorijiy davlatlar yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

24.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tatariston Respublikasi bilan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi

24.07.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Tatariston Respublikasi Prezidenti R.Minnixanov raisligida hamda Tatariston va O‘zbekiston hududlarining asosiy vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va sanoat kompaniyalari ishtirokida videokonferensiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqa davlatlari rahbarlari sammitiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar

24.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar

24.07.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tokio-2020: Birinchi kunda 11 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi

24.07.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ilk kuni. Unda terma jamoamizning 11 nafar vakili ishtirok etadi. Quyida ularning chiqishi haqidagi maʼlumotlarni havola qilamiz:

Qo‘shni Xatlon va Surxondaryo viloyati o‘rtasida do‘stlik aloqalari yuksaladi

24.07.2021SiyosatManba: O'zA

Avval xabar berganimizdek, qo‘shni Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati raisi Qurbon Hakimzoda boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryoda bo‘lib, ikki kun davomida hududlararo savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdi.

Olmaotada Qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining 86-yig‘ilishi yakunlandi

23.07.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Olmaotada O‘zbekiston-Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining Qo‘shma O‘zbekiston-Qozog‘iston demarkatsiya komissiyasidagi 86-yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ochilish marosimiga yo‘l oldi

23.07.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Toshkent vaqti bilan soat 16:00 dan Tokio-2020 XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi start oladi. Ayni paytda barcha davlatlar qatori O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Marosimda ishtirok etadigan vakillarimiz rasmiy libosda shay bo‘lib turishibdi. Quyida ushbu jarayondan bir nechta suratlarni havola qilamiz.

Ozarbayjonlik investorlar Buxoroda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun sarmoya kiritmoqchi

23.07.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimiz elchixonasi  ko‘magida Ozarbayjonning “CROPLAST”  ochiq aksiyadorlik jamiyati tijorat direktori Nozim Mammedov boshchiligidagi delegatsiyaning 13-23-iyul kunlari  O‘zbekistonga amaliy safari tashkil etildi