Tatariston Respublikasi bilan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Tatariston Respublikasi Prezidenti R.Minnixanov raisligida hamda Tatariston va O‘zbekiston hududlarining asosiy vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari va sanoat kompaniyalari ishtirokida videokonferensiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida R.Minnixanovning shu yilning iyun' oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamda qo‘shma loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq etilishining joriy holati ko‘rib chiqildi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari amalga oshirilgan ishlar hisobotlarni taqdim etdilar hamda kelishilgan loyihalarni ilgari surish va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha keyingi sa'y-harakatlari haqida so‘zlab berdilar.
Shuningdek, geologiya-qidiruv, neft'-gaz, neft'-kimyo, mashinasozlik, charm-poyabzal, axborot-kommunikasiya va agrologistika sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ekspert va rahbarlar darajasida muntazam muhokamalar o‘tkazish hamda vazirlik, idora va hududlar darajasidagi mahalliy hokimiyat organlari vakillaridan iborat delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish orqali yaqindan hamkorlik qilish mexanizmini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi