O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Olmaotada Qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining 86-yig‘ilishi yakunlandi
2021-07-23 | Siyosat
Olmaotada O‘zbekiston-Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining Qo‘shma O‘zbekiston-Qozog‘iston demarkatsiya komissiyasidagi 86-yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.
12-23-iyul kunlari tomonlar davlatlararo chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Bitim loyihasini tayyorlashni davom ettirdilar.
Navbatdagi yig‘ilish O‘zbekistonda sentyabr oyiga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi yig‘ilish 21-25-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi