O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Do‘stligimiz mustahkam va abadiy bo‘lsin

2021-07-27 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida mazkur qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisining o‘rinbosari Azamat Toshev mamlakatimizda millatlararo totuvlik, ahillik va hamjihatlikni ta’minlash, jamiyatda mehr-saxovat, ahillik muhitini mustahkamlash masalasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 15-noyabrdagi tegishli  farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi. Unga ko‘ra mamlakatimizda o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizda kechayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish borasidagi  vazifalar to‘liq bajarildi. Ayni paytda ko‘plab onlayn loyihalar, tanlovlar, do‘stlik festivallari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu boradagi ishlar kelgusida ham davom ettiriladi.  

E’tiborga molik jihati, bu boradagi tadbirlar, anjuman va davra suhbatlari, festivallar mamlakatimizning barcha hududlarida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Xorijdagi vatandoshlar bilan do‘stlik aloqalarini kengroq yo‘lga qo‘yishga oid o‘tkazilgan ko‘plab amaliy tadbirlar o‘zining amaliy ruhi, natijadorligi bilan xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yili 30-iyulni mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlash g‘oyasi ilgari surildi. Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida 30 iyul – Xalqlar do‘stligi kunini karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy rejalar batafsil muhokama etildi.

Manba: O'zA

Поделиться