O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Latviya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti
2021-07-27 | Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Latviya elchisi Mixails Popkovsni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi tugayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, vazir elchining Toshkentdagi diplomatik vakolatxona rahbari lavozimida ishlagan chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.
Mixails Popkovs Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida unga doimiy yordam ko‘rsatilgani va samarali hamkorlik uchun minnatdorligini izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, Mixails Popkovs 2017-yildan beri O‘zbekistondagi elchixonani boshqarib kelmoqda. U Buxoroda tug‘ilgan va voyaga yetgan.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi