Dushanbe. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ekspertlar yig‘ilishi
ShHT mamlakatlari atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ushbu asosiy tadbir joriy yilning sentyabr' oyida Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHT Davlatlari rahbarlari Sammiti arafasida bo‘lib o‘tmoqda.
Ekspertlar yig‘ilishi doirasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi Kun tartibi, yakuniy bayoni va Axborot xabari loyihalari muhokama qilindi va kelishildi.
Shuningdek, ShHTga a'zo davlatlarning 2022-2024 yillar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Rejasi loyihasi hamda ekspertlar yig‘ilishi kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlik va muassasalari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi joriy yil 29-iyul' sanasida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi