O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Latviya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2021-07-28 | Siyosat
2021-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs bilan videomuloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Latviya aloqalarining siyosiy-diplomatik, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqoti hamda “O‘zbekiston – Latviya – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali hamda alohida mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi