O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamshid Xodjaev Rimda o‘tkazilgan vazirlar davra suhbatida ishtirok etdi

2021-07-28 | Siyosat

Italiyada bo‘lib o‘tgan BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha pre-sammitiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) prezidenti Jil'ber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, J. Xodjaev barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun milliy oziq-ovqat tizimlarini qayta tashkillashtirish masalalari bo‘yicha vazirlar davra suhbatida so‘zga chiqdi.
Sammit arafasidagi tadbirlar birinchi navbatda vazirlar darajasida o‘tkazilmoqda. Shu bois ham shaxsan va virtual ishtirok etish uchun barcha a'zo mamlakatlar soha vazirliklarining rahbarlari taklif etildi.
 
Davra suhbati doirasida vazirlar 2030-yilgacha maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan oziq-ovqat tizimlarini transformatsiyalash bo‘yicha milliy strategiyalarni shakllantirish hamda bu borada boshqa ishtirokchilardan qanday harakatlarni kutayotganliklari to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi.
 
Jamshid Xodjaev O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sektorini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish boshlanganligi to‘g‘risida so‘zladi. U yangi harakatlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilganligini ta'kidlab o‘tdi, bu esa, o‘z navbatida, agro oziq-ovqat tizimlarini modernizasiya qilishga turtki beradi.
 
"O‘zbekistonda biz yangi qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar AKIS tizimini mustahkamlashga intilmoqdamiz, bunday tizimni har bir hududda joriy etayapmiz", - tushuntirish berdi Jamshid Xodjaev. - Bundan tashqari, prezidentimizning shaxsiy e'tibori himoyaga muhtoj guruhlar, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan uchta milliy dastur bilan bog‘liq.
 
Shu tariqa dastur doirasida davlatga tegishli bo‘lgan 122 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ushbu uchta guruh o‘rtasida taqsimlandi. Shu bilan birga biz aslida bu insonlarni yirik qishloq xo‘jaligi kompaniyalari bilan birlashtirdik, ishlash uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olishga yordam berdik". O‘z nutqini yakunlar ekan, O‘zR qishloq xo‘jaligi vaziri BMT, FAO va barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, bunday birlashtiruvchi tashabbuslar ko‘plab muammolarni yechishning to‘g‘ri yo‘li ekanligini ta'kidladi, yanada faol va ochiq hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться