O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gruziyalik ekspertlar bilan hamkorlik
2021-07-28 | Siyosat
Gruziya Respublikasidan tashrif buyurgan davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert Giorgi Sxakaya Nurafshon shahrida bo‘lib Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Abdusattorov bilan uchrashdi.
Unda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda sohani tahlil qilish va kelgusida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar xususida fikr almashildi. Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi.
Maqsad — mamlakatimizda jismoniy hamda yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga oid qonunchilikni o‘rganish va xalqaro tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdir.
Gruziyalik ekspert tomonidan O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga oid qonunchilikni o‘rganish va xalqaro tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qo‘shma loyiha doirasida ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning besh yillik strategiyasi, Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda standartlar va tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqiladi.
Giorgi Sxakaya Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Manba: O'zA