O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Britaniya hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi

2021-10-15 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi T.Torlot bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar joriy yilning dastlabki 9 oyida ikki tomonlama savdo aylanmasining 2,5 barobar o‘sganini, shuningdek, o‘tgan 4 yil davomida Britaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar sonining 33%, ya'ni 260 dan 350 kompaniyagacha oshganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘zbekistonning Birlashgan Qirollikning Preferensiyalar bosh tizimining Kengaytirilgan sxemasi (Enhanced GSP)ga qo‘shilish to‘g‘risidagi murojaatining bugungi holati va ushbu tashabbusni ilgari surish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llari ham ko‘rib chiqildi.
 
Alohida tartibda kelgusi yilning bahorida Toshkent shahrida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston – Britaniya kengashi (UBTIC) konferensiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbus va dasturlar ijrosini jadallashtirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться