O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Singapurlik “TMC Academy” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-10-26 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “TMC Education Corporation Ltd” korporatsiyasi bo‘linmasi, Singapurdagi yirik xususiy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lgan “TMC Academy” rektori Li Chin Veng boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Akademiyaning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi (Trast jamg‘arma) tomonidan amalga oshirilayotgan gumanitar dastur va loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini nazarda tutgan holda, u bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 
Tomonlar Toshkent shahrida Akademiyaning “TMC Institute” filiali tashkil etilayotganligini olqishladilar. Filial joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tegishli litsenziyasini olgan.
 
Orolbo‘yi aholi uchun ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni oshirish, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq joylarda elektr va issiqlik ta'minoti tizimlarining barqarorligini yuksaltirish va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga kelishildi.
 
Uchrashuv yakunida BMT shafeligidagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasi faoliyati doirasida hamkorlik memorandumi imzolanib, muhokama etilgan yo‘nalishlar doirasidagi o‘zaro munosabatlar shakllari belgilandi. Hujjatga ko‘ra, Toshkentdagi “TMC Institute” filiali o‘ziga yuklangan maqsad va vazifalarni hal etish uchun Trast jamg‘armasiga beg‘araz moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
 
Ma'lumot uchun: Singapurda joylashgan “TMC Academy” 1981-yilda tashkil etilgan. Akademiyaning filiallari – Oliy o‘quv yurtlari 1998-yilda Xitoyda, 2003-yilda V'etnam va 2015-yilda M'yanmada ochilgan. Institut talabalar uchun oddiy ingliz tili kurslaridan tortib, biznes boshqaruvi, media, psixologiya, mehmonxona biznesi va IT-texnologiyalari bo‘yicha bakalavr darajalarigacha bo‘lgan turli o‘quv dasturlarini taklif etadi. “TMC Academy” dasturlari “Cambridge International Examinations” tomonidan ma'qullangan. Akademiyada 50 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar tahsil oladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться