Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pol'sha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi R.Gruk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 2022-yilning birinchi choragida O‘zbekiston-Pol'sha biznes-forumini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma sa'y-harakatlar, shuningdek, O‘zbekiston va Pol'sha hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mamlakatda loyihalarni amalga oshirish uchun Pol'sha investitsiyalarini jalb etish mexanizmlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ikkala tomon ham manfaatdor sohalarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi