O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek-afg‘on hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2021-10-18 | Siyosat

Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Afg‘oniston tomoniga esa Muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida turli vazirlik va idoralar vakillari chegara xavfsizligi, investisiyalar, o‘zaro savdo, energetika, xalqaro yuk tashish hamda tranzit sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ta'lim va gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish borasida ham fikr almashildi. Infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish, xususan, Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini o‘tkazish hamda Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor temir yo‘lini qurishga alohida e'tibor qaratildi.
 
Tomonlar munosabatlarning ko‘rib chiqilgan har bir yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qildilar hamda ustuvor sohalarda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha birinchi darajali vazifalarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan bir qator ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi. Afg‘oniston delegatsiyasi mehmondo‘stlik va samarali muzokaralar uchun O‘zbekiston tomoniga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться