O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston bilan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

2021-10-25 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov prezident saylovlarining xalqaro kuzatuvchisi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov prezident saylovlarining xalqaro kuzatuvchisi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 
IHT rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari yuksak siyosiy, huquqiy va tashkiliy saviyada o‘tganligini ta'kidladi hamda aholining saylov jarayonida faol ishtirok etganligini alohida qayd etdi. Unga ko‘ra, saylovlar xalqaro standart va me'yorlarga to‘la mos ravishda tashkil etildi.
 
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollari ham muhokama qilindi. Xususan, IHT hududida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, mintaqa ichida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, o‘zaro sayyohlik oqimlarini ko‘paytirish va madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться