O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligi “Mangold consulting” bilan muzokaralar o‘tkazdi

2021-10-25 | Siyosat

O‘zbekiston Energetika vazirligi faoliyat sohasi biznes-konsalting bo‘lgan Germaniyaning “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasi bilan investorlarni yangi sanoat loyihalariga jalb etish masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjaev va “Mangold Consulting” kompaniyasi boshqaruv Kengashi raisi Klaus Mangol'd energetika sohasidagi O‘zbekiston – Germaniya hamkorligining muvaffaqiyatli tajribasi taqdim etilib, bunday hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. 
 
Xususan, bu kabi misollarga Germaniyaning yetakchi “Siemens AG” kompaniyasi bilan hamkorlik loyihalari, “O‘zbekneftgaz” AJni investisiyaviy-jozibador va moliyaviy jihatdan mustaqil kompaniyaga aylantirish bo‘yicha “Rothschild & Co” bilan hamkorlikda ishlash hamda O‘zbekiston Respublikasi gaz transport tizimini modernizatsiyalash dasturini uzoq muddatli moliyalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kiradi.
 
Shuningdek, uchrashuv davomida Klaus Mangol'dga yaqin kelajakda Germaniyaning “DENA” energetika agentligi bilan memorandum imzolanishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi. Tomonlar “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasining potensial nemis investorlarini O‘zbekiston Respublikasida gaz kimyosi sohasida sanoat klasterini yaratish loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilishda yordam berish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
 
Tomonlar “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasining potensial nemis investorlarini O‘zbekiston Respublikasida gaz kimyosi sohasida sanoat klasterini yaratish loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilishda yordam berish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться