O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMTTD va Yevropa investitsion banki tomonidan tashkillashtirilgan “BRM va obligatsiyalar: birgalikda ta'sir uchun” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda Moliya vazirligi ishtirok etdi

2021-10-22 | Iqtisodiyot

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Jahon bankining yillik yig‘ilishi doirasida “BRM va obligatsiyalar: birgalikda ta'sir uchun” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir BMTTD va Yevropa investitsion banki (YeIB) tomonidan tashkillashtirilgan bo‘lib, unda 120 dan ortiq xalqaro moliya institutlari (OTB, Fransiya taraqqiyot agentligi, ITB, BMT, BMTTD, YeIB, IHTT va h.k.), xorijiy banklar (“J.P.Morgan”, “BNP Paribus”, “Gazprombank”, “Mizuho”, “Landesbank baden Wuerttemberg”), xalqaro reyting agentliklari, elchixonalar, vazirliklar (Italiya, Indoneziya, Argentina, Misr Moliya vazirliklari) va xalqaro investorlar (“Franklin Templeton Investments”, “Nomura”) qatnashdilar.

Uchrashuvlar davomida YeIB kapital bozori bo‘yicha direktori hamda atrof-muhit (iqlim) masalari bo‘yicha vitse-prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat qarzi departamenti va Indoneziya Moliya vazirligi budjetni moliyalashtirish va riskni boshqarish departamenti direktorlari Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda BRM obligatsiyalari haqida fikr almashdilar.

Xususan, Moliya vazirligi vakili tomonidan quyidagilar bo‘yicha mulohazalar bildirildi:

• joriy yilda ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi BRM obligatsiyalari dasturi;   

• mazkur dastur doirasida amalga oshirilgan ilk BRM obligatsiyalar tranzaksiyasi va uning O‘zbekiston uchun ahamiyati hamda bevosita va bilvosita ta'siri;

• BMTTDning mazkur tranzaksiyani amalga oshirishdagi roli va amaliy ko‘magi;

• BRM obligatsiyalarining boshqa muqobil moliyalashtirish instrumentlaridan afzalligi va kamchiliklari;

• istiqboldagi O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha rejalari.

Qayd etish joizki, mamlakatimizda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan choralar, Moliya vazirligi hamda BMTTD o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqilgan BRM obligatsiyalari davturi va uning doirasida chiqarilgan va joylashtirilgan O‘zbekistoning ilk BRM obligatsiyalari haqida ma'lumot berilishi xalqaro moliyaviy tashkilotlar, BRM obligatsiya investorlari bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun: joriy yilda chiqarilgan va joylashtirilgan milliy valyutadagi O‘zbekistonning BRM obligatsiyalari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, O‘rta Sharq va Afrika (CEEMEA) mintaqasida BRM maqomi bilan ilk marotaba hamda MDH mamlakatlar hukumatlari orasidan chiqargan ilk “Atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv” (ESG) maqomiga ega suveren xalqaro obligatsiyalar hisoblanadi.

BRM obligatsiyalari dasturi O‘zbekistonning 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishini moliyalashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalish va maqsadlarini belgilash, ekologik, ijtimoiy va barqarorlikni ta'minlash bilan bog‘liq loyihalarni belgilangan mezonlar asosida tanlab olish, moliyalashtirish va qayta moliyalashtirish, amalga oshirilishini monitoring qilishni nazarda tutadi.

Qayd etish joizki, BRM obligatsiyalari dasturini ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad joriy va kelgusi yillarda BRM obligatsiyalarini chiqarish uchun zamin yaratish hamda O‘zbekistonning 2030-yilga qadar “Barqaror rivojlanish maqsadlariga” erishishini ta'minlash bilan birgalikda shaffoflik va hisobdorlikni oshirishdan iboratdir.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться