O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekistonda energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtiradi
2023-05-19 | Iqtisodiyot
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Xayashi Nobumitsu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda JBIC bilan hamkorlikda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda yangi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida O‘zbekistonda elektr energiya tizimini yaxshilashga oid loyihalarni moliyalashtirishga kelishildi. Xususan, JBIC Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini qurilishi uchun 400 mln. dollar kredit ajratadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi