O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti YEXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

2023-04-20 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari YEXHT bilan sermahsul aloqalar, ochiq va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘tgan yilda O‘zbekistonga YEXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau, tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid, Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissar Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurganini ta’kidlash joiz.

Byuro ekspertlari mamlakatimiz milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

DIIHBning 2016-, 2019- va 2021-yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovlaridagi keng ko‘lamli missiyalari yakunida berilgan tavsiyalar hisobga olingan va joriy qilingan.

Uchrashuv davomida referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Missiya rahbari Albert Yonsson mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan Yangi O‘zbekistonda demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться