O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent – Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
2023-05-15 | Iqtisodiyot
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirilgi vakili Adrienn Geobel bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.
Masalaning texnik va iqtisodiy jihatlarini batafsil muhokama etgan holda yakuniy to‘xtamga kelish maqsadida ikki mamlakat vakolatli organlari vakillari ishtirokida yaqin orda muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi