O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.09.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 5-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Jahon bankining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Tatiana Proskuriakova boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O’zbekiston-Mo‘g‘uliston: agrar sohadagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi

10.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Mo‘g‘ulistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Dorj Bayarkhuu bilan uchrashdi.

ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

10.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Toshkentda Digital Leadership forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

07.07.2023TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yilning 7–iyul kuni Toshkentda Digital Leadership forumining ochilish marosimi o‘tkazildi.

“Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes hamda mikromoliyalash” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

07.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 6-iyul kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov boshchiligida “Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes hamda mikromoliyalash” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

Xalqaro konferensiya qizg‘in o‘tdi

07.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

“Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy bo‘ldi.

Adliya vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06.07.2023JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2023-yil 4-iyul kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi rahbari Ursula Gachek o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Ozarbayjon Prezidenti tomonidan qabul qilindi

06.07.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

5-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Ludger Shuknext: “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalardan katta taassurot oldim”

06.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) bilan hamkorlikdagi loyihalarni muhokama qilish maqsadida bank vitse-prezidenti Ludger Shuknextni qabul qildi. 

Yaponiya bilan 2,2 mln dollarlik shartnoma imzolandi

05.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Takashi Hatori, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlashga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

04.07.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

2023-yilning 20-iyun kuni Berlinda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda BMT Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlashga doir  konvensiyasi (CMS konvensiyasi) Ijrochi kotibi E. Frenkel o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida

04.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Lyudger Shuknext bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Turkiy investitsiya fondi prezidentini qabul qildi

03.07.2023SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Turkiy investitsiya fondi prezidenti va Turkiy davlatlar tashkiloti sobiq bosh kotibi Bag‘dod Amreyev  bilan uchrashdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining Rim uchrashuvlari

03.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida bir qator mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va FAO hamkorligi muhokama etildi

03.07.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida FAO bosh direktorining o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin bilan uchrashdi.

O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

27.06.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistoni Podshohligi (SAP) investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan videokonferensiya tarzida muzokara o‘tkazdi.

Lasselsberger Group O'zbekistonda uchta investitsiya loyihasini amalga oshiradi

23.06.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov “Lasselsberger Group” kompaniyasi bosh direktori Yozef Lasselsberger bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

23.06.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Avstraliya sug‘orish kanallarini avtomatlashtirish konsorsiumi vakillari bilan uchrashdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi rahbari Bito Yoshibumi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

23.06.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (YaXHA) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxona rahbari Bito Yoshibumi hamda ushbu vakolatxona sobiq rahbari Miyazaki Suguru bilan uchrashdi.