O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi, Yevropa Ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi oʼrtasida texnik koʼmak jalb qilishga oid moliyaviy bitim imzolandi

2023-05-18 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining “Muvofiqlikka sarmoya kiritish” mavzusidagi 32-yillik yigʼilishi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yevropa ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida “O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyot hamkorligi boʼyicha” 10,2 mln yevro miqdorida texnik koʼmak mablagʼlari ajratilishiga qaratilgan kelishuv imzolandi.

Mazkur uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiev, vazir o‘rinbosari Ilhom Norqulov, va tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari hamda FTAning O'zbekiston va Qozog'iston bo'yicha rahbari -Vinsent Kopen, Evroosiyo bo'yicha mintaqaviy direktori-Sesil Kupri, delegatsiya rahbari -Remy Rioux, Yevropa ittifoqidagi xalqaro hamkorlik vakili -Myriam Ferran, Yevropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi elchisi-Sharlotta Adrianlar ishtirok etishdi.

Maʼlumki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʼtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-436-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish Strategiyasi doirasida "yashil" va inklyuziv iqtisodiy oʼsishni taʼminlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan samarador ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Fransiya taraqqiyot agentligi (FTА) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida "yashil" iqtisodiyotga oʼtishga koʼmaklashishga qaratilgan "Yashil" iqtisodiyot bo‘yicha davlat siyosati sohasida qarz dasturi loyihasi amaliyotga tatbiq etilmoqda.
 
Mazkur dastur doirasida qazilma yoqilg’ilari subsidiyalarini xatlovdan o‘tkazish va qisqartirish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash boʼyicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, milliy miqyosda issiqxona gazlari tashlanmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi (MRV) tizimi joriy etish, “yashil” byudjetlashtirish va soliqqa tortishni joriy qilish hamda boshqa yoʼnalishlarda ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Mazkur amalga oshirilayotgan loyihalar O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doirasida "yashil" va inklyuziv iqtisodiy oʼsishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashga erishish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться