O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi oʻrtasida 2023-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi imzolandi

2023-05-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 12-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Q.Rasulzoda boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 10-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda ikki mamlakat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda tovar ayirboshlashni oshirish boʻyicha samarali choralar koʻrish, energetika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, transport, konchilik, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarda Oʻzbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablagʻlarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etish joizki, qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi oʻrtasida 2023-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться