O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hamkorlikdagi loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi
2023-05-07 | Iqtisodiyot
Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hozirgi kunda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati muhokama qilindi. Xususan:
➖“Voltalia” kompaniyasi tomonidan Xorazm viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lib, hozirda moliyaviy yakunlanish choralari ko‘rililmoqda. Kompaniya tomonidan hamkorlik aloqalarini boshqa yo‘nalishlarda ham kengaytirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilayotgani;
➖“Total Eren” kompaniyasi tomonidan 2022-yil may oyida Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilganligi uchun mazkur stansiyaning quvvatini yana 100 MVtga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, kompaniya Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida har birining quvvati 450 MVtdan bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishiga qiziqish bildirayotgani;
➖EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo va Surxandaryo viloyatlarida issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish choralari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida “Bureau Veritas” va “Technip” kompaniyalari bilan ilmiy-tadqiqod va muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlik va “Aksens” kompaniyasi bilan birgalikda mamlakatimizda katalizatorlarni ishlab chiqarish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi