O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashdi

2023-05-02 | Ta’lim

2023-yil 1-may kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Nagoya iqtisodiyot universiteti rektori, professor Saburi Haruo hamda ushbu universitet professori Ichihashi Katsuyalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Saburi Haruo hamda Ichihashi Katsuya joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasida Yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Uchrashuv chog‘ida, adliya vaziri A.Toshqulov xalqaro kuzatuvchilarning referendum kabi muhim siyosiy voqealarga ijobiy hissasini qo‘shishlarini alohida taʼkidlab, Yangi Konstitutsiyaning mazmun mohiyati hamda uni ishlab chiqishda xalqaro tajribani o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z o‘rnida, kuzatuvchilar amalga oshirilayotgan islohotlarni, shu jumladan Yangi Konstitutsiya loyihasini yuqori baholadi, xususan unda inson huquqlarini himoya qilish mezonlari kuchaytirilganiga alohida eʼtibor qaratdi.

Shu bilan birga, 2021-yil 18-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) hamda Nagoya iqtisodiyot universiteti o‘rtasida imzolangan O‘zaro talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi memorandumi doirasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr mulohazalar almashildi.

Kuzatuvchilar mutaxassis sifatida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan referendumda xalqaro kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etish katta sharaf ekanini qayd etib, referendum uchastkalaridagi tashkiliy ishlarga yuksak baho berdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться