O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Shveysariyada bo‘ldi

2022-05-16 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev boshchiligidagi delegatsiya Shveysariya Konfederatsiyasida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Doimiy vakolatxonasi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu amaliy safar doirasida Shveysariya Federal soliq administratsiyasi (FSA) rahbari Adrian Hug va Sug kantoni soliq idorasi masʼul rahbari Filipp Mus bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Taʼkidlash joyizki, Shveysariya keng qamrovli masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini joriy qilish hisobiga Xalqaro soliq raqobatbardoshligi indeksida 4-o‘rinni egallaydi. Mamlakat o‘tgan yili  96 xorijiy davlat soliq maʼmuriyatlari bilan maʼlumot almashgani  natijasida qo‘shimcha 4 milliard shveysariya franki
(4,4 milliard AQSH dollari) miqdorida soliq undirilishi taʼminlangan.

Sug kantoni, o‘z navbatida, biznes va kriptovalyutani tartibga solish sohasida mustahkam normativ-huquqiy bazani yaratish orqali dunyoning kriptovalyuta markaziga (“Kriptotexnologiyalar vodiysiga”) aylangan. Bugungi kunda Shveysariyada 1,1 ming kriptokorxonalar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning besh yuzdan ziyodi Sug kantonatida joylashgan.

Uchrashuvlar doirasida Shveysariyada soliq maʼmurchiligi, qo‘shimcha qiymat solig‘i qo‘llanilishi, soliq maʼlumotlari mahfiyligi va boshqa dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Shveysariya soliq administratsiyasi va Sug kantoni bilan hamkorlikni kengaytirish va texnik xamkorlik doirasida tegishli tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться