O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv
2022-05-17 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.
uhbat chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.
Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy martabali diplomat O‘zbekistonning Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi, xususan, O‘zbekistonning BMT shafeligida O‘zbekiston bilan chegaradosh Termiz shahrida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yetkazib berish maqsadida ko‘p funksiyali transport-logistika xabini yaratish tashabbusi muhimligi va o‘z vaqtida amalga oshirilganini ta’kidladi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi