O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi to'g'risida

2022-05-16 | Siyosat

Dushanbe shahrida tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari mintaqaviy hamkorlikning dolzarb mavzulari, jumladan, iqtisodiyot sohasida, savdo va investitsiyalar, transport va tranzit, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, zamonaviy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurash sohalarida aloqalar samaradorligini oshirish istiqbollarini ko’rib chiqdilar. 

Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari Rahbarlarining navbatdagi, to'rtinchi, Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorlarlik ko’rish va uni o'tkazish bilan bog'liq masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kelgusi sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma mintaqamiz mamlakatlari hamkorligi tarixida yangi davrni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlarning yakdil fikricha, mintaqamiz davlatlari o'rtasidagi izchil va o'zaro manfaatli hamkorlik Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti va umumiy farovonligini ta'minlash g'oyasiga mutlaq monanddir.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться