O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Germaniya Elchisi bilan uchrashuv
2022-05-18 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
T.Klinner Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiya ishlab chiqish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l liniyasi qurilishini ham muhokama qildilar.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi