O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2022-05-13 | Siyosat

2022-yil 13-may kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi ishlar idoralari rahbarlari Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga bo‘lajak tashrifi yuzasidan, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni atroflicha muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar hamda ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik rishtalarga asoslangan strategik sheriklikning bugungi holatiga yuksak baho berildi.

Yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard AQSh dollariga yetkazish bo‘yicha ikki davlat Prezidentlarining bergan topshiriqlarini so‘zsiz bajarish zarurligi ta’kidlandi.

Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini imkon qadar tez muddatlarda o‘tkazish zarurligini qayd etdilar.

Joriy yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanishini hisobga olgan holda madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, O‘zbekiston va Tojikiston hududida qo‘shma yirik madaniy tadbirlar uyushtirish yuzasidan yakdil munosabat bildirildi.

Tojikiston tomoni O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini yuqori baholab, mamlakatimiz tomonining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, barcha tadbirlarda, jumladan, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida faol ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, kelgusi davr uchun qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться