O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-05-16 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya-texnikaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
 
Unda respublikaning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishini o‘tkazish masalalari, bo‘lajak O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorlik qo‘mitasi yig‘ilishining kun tartibi va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
 
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida tovar aylanmasining 30%ga o‘sishi, shu jumladan, Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi benefisiari maqomi tufayli O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilish hajmi 56%ga oshishi kuzatildi.
 
Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbus va dasturlarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться