O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Toyota Tsusho Corporation” hamda "O'zbektelekom" AK o'rtasida umumiy qiymati 150 mln dollaridan ortiq miqdoridagi shartnoma imzolandi
2022-10-25 | Iqtisodiyot
“ICTWEEK-2022” AKT haftaligi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi Global strategiyalar byurosi Bosh direktori o‘rinbosari Yukio Teramura hamda Yaponiyaning “Toyota Tsusho Corporation”, NEC va IIJ kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari hamda AKT sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
“Toyota Tsusho Corporation” hamda "O'zbektelekom" AK o'rtasida umumiy qiymati 150 mln dollaridan ortiq miqdoridagi shartnoma imzolandi.
Ushbu loyihalar o‘zbek tomon uchun ham yapon tomon uchun ham juda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Kelgusida nafaqat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, balki, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan, bir nechta ishchi o‘rinlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi IT xizmatlar autsorsingi – BPO xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishida yapon kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga asosiy urg‘u berildi.
Shu bilan birga, Yapon tomoni IT-sohasini rivojlantirishda yangi texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi