O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Assured Partners kompaniyasi bilan BPO xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi
2022-10-24 | Iqtisodiyot
24-27-oktabr kunlari “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi hududida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – “ICTWEEK 2022” bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan bugun, 23-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Assured Partners kompaniyasi Vitse-prezidenti Kennet Leysi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Assured Partners turli sohalarda, jumladan, transport va logistika kabi yo‘nalishlarda sug‘urta xizmatlarini taklif qiluvchi autsorsing kompaniya hisoblandi.
Bugungi uchrashuvda IT Park bilan hamkorlikda sug‘urta industriyasi uchun BPO autsorsingi bo‘yicha hamkorlikda ishlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘z navbatida, kompaniya bilan hamkorlikda IT va BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, O‘zbekistondagi yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlash kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi