O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo va Rossiya yetakchilari uchrashuvida ishtirok etdi
2022-10-14 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etdi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
“Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti