O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

2022-10-25 | Sport

Do'stona rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgan O'zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Dubay shahrida o'tgan tadbirda har ikki Qo'mitaning Bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Azza bintu Sulaymon ishtirok etishdi.

Rejaga ko'ra, ikki mamlakatning asosiy va yoshlar terma jamoalari yirik kompleks musobaqalar, Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorgarlik, sport menejmenti, tibbiyot kabi yo'nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkam olib boradi. Shuningdek, yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish, mavjud infratuzilmalarni yaxshilash bo'yicha o'zaro tajriba almashadi.

Samimiy ruhda o'tgan suhbatda Azza bintu Sulaymon o'zbek sporti nafaqat qit'amiz, balki jahonda katta mavqega ega ekani, ikki tomonlama hamkorlik mamlakatlarning sport sohasida yanada jadal rivojlanishiga turtki bo'lashini ta'kidladi. O'z navbatida, Oybek Kasimov ham BAA sportiga yuqori baho berib, ushbu davlat Milliy Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik yurtimiz sporti uchun manfaatli ekanini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться