O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Seulda Milliy Olimpiya qo'mitalari assosiasiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi o'tkaziladi
2022-10-18 | Sport
19-20-oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida Milliy Olimpiya qoʻmitalari (MOQA) assotsiatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtadi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax hamda MOQA rahbari Robin Mitchel hozirda Seul shahrida boʻlib turishibdi.
Mutasaddilar tashrif davomida mamlakat rahbari Yun Sok Yul bilan uchrashib, boʻlajak tadbirga koʻrilayotgan hozirlik, shuningdek, 2024-yil Gangvon shahrida boʻladigan oʻsmirlar qishki Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Maʼlumot uchun, mazkur tadbirda Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi