O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Angrenda "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi" faoliyat boshladi
2019-12-02 | Jamiyat
Angren shahar "Istiqbol" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Obod mahalla" dasturi doirasida qurilgan "Ayollar ma’naviyat markazi" xotin-qizlar ixtiyoriga topshirildi.
Markaz rahbari, tadbirkor Shohista Madiyarovaning ta’kidlashicha, bu yerda band bo‘lmagan xotin-qizlar ish bilan ta’minlanish bilan birga tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursida ayollar kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etilgan. Xotin-qizlar qisqa kurslarda o‘qib, hunarli bo‘lishlari mumkin.
Shuningdek, ayollar Markazda qandolatchilik, sartaroshlik, uy hamshirasi, jundan ro‘mol, sharflar to‘qish, tol navdalaridan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash kabi hunarlarni o‘rganishlari mumkin.
E’tiborlisi, mashg‘ulot va amaliyot bepul.