O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoyning Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti instituti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi
2019-12-09 | Jamiyat
Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazining rahbari Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti institutining taklifiga muvofiq mehnat, aholi bandligi, demografiya, mehnat migratsiyasi va mehnatni muhofaza qilish sohasida dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ustuvor ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish maqsadida joriy yilning 27-noyabr – 2-dekabr kunlari ushbu Institutga tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi hamda Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti institutlari o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda Buyuk ipak yo‘li loyihasini amalga oshirish maqsadida mintaqadagi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi va integratsiyasiga qaratilgan XXRning “Bir makon va bir yo‘l” loyihasi doirasida ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun “Hamkorlik memorandumi” loyihasini tayyorlash va joriy yilning dekabr oyida imzolashga kelishildi.
XXRning Aholishunoslik va mehnat iqtisodiyoti instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va siyosati institutida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jumladan, aholi bandligini ta'minlash, demografiya, mehnat migratsiyasi va mehnatni muhofaza qilish sohasida amalgan oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida qisqacha taqdimot qilindi.