O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda

2019-12-10 | Siyosat

2019-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Djon MakGregor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda  Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, migrantlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur yo‘nalishda Milliy komissiyaning 2020-yilda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, 2020-yilda odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish, migrantlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha dastur ishlab chiqishga kelishib olindi. Dasturda ushbu yo‘nalishlarda milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, bu boradagi tashkiliy-ma’muriy choralar, sohada kadrlar tayyorlash, mutaxassislarning malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga oid aniq vazifalar belgilanishi nazarda tutilgan.

Поделиться