O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik yosh mutaxassislarga Yaponiyaning yetakchi korxonalarida malaka oshirish va tajriba orttirish imkonini beruvchi memorandum imzolandi

2019-12-18 | Jamiyat

2019-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Yaponiyaning Adliya, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va farovonlik, Tashqi ishlar vazirliklari hamda Yaponiya milliy politsiya agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat “maxsus malakali ishchilar” maqomiga ega bo‘lgan xorijiy mehnat resurslarini ishga qabul qilish tizimini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Memorandumning asosiy maqsadi maxsus malakali ishchilarni yuborish, qabul qilish va Yaponiyada ro‘yxatdan o‘tkazish masalalarini hal qilish xamda ushbu jarayonlarning muntazamligi va shaffofligini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kungacha Yaponiya xukumati tomonidan fakat 9 davlatlarning malakali ishchilarni Yaponiyada faoliyat olib oboruvchi yetakchi korxonalarga tajriba olish uchun ruxsat berilgan edi. Olib borilgan muzokaralar natijasida Uzbekiston Respublikasiga xam shunday imkoniyat yaratildi va 10 davlat sifatida “TOKUTE GINO” dasturi ruyxatiga kushildi.

Yurtimiz yuqori salohiyatli kadrlarga ega. Ularning orasida malakali, o‘z sohasini puxta egallagan, chet tillarni mukammal o‘rgangan, tajribali, ma’lum sohalardagi imkoniyatlarini namoyon etishga tayyor kadrlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular dunyoning katta korporatsiyalarida ishlash, salohiyatini ko‘rsatish, eng muhimi tajriba o‘rganish niyatida.  

Yangi imzolangan memorandumga ko‘ra, Yaponiyaga yuborilayotgan maxsus malakali mutaxassislar eng avvalo, o‘z sohasi bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganishi mumkin. Bu esa keyinchalik Yaponiyada orttirilgan tajribani O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llash imkonini beradi.

Memorandum shartlariga ko‘ra, yuborilayotgan mutaxassislar yapon tilini bilish darajasi buyicha imtixon sinovlaridan va egallagan mutaxasisliklari buyicha amaliyot imtixonidan utib, 5 yilgacha bulgan muddatda kelishuv asosida uzlari tanlagan korxonalarida faoliyat olib borishlari, kelishilgan xolda ish joylarni almashtirishlari, shu bilan birga takidlash lozimki Yaponiya fuqarolari bilan bir xil mehnat sharoitlari va ijtimoiy ximoyalangan xolda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin buladi.

Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun vakolatli organlar sifatida Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi belgilandi.

Mazkur Memorandum doirasidagi hamkorlik ikki mamlakatning amaldagi qonun va qoidalari asosida amalga oshiriladi.

Поделиться