O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Open Data Day 2019" va "Open Data Challenge 2019" tadbirlarini o'tkazish rejalashtirilgan

2019-12-05 | Texnologiyalar

2019-yil 13-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida “Open Data Day 2019”ochiq ma'lumotlar konferensiyasi va ochiq ma’lumotlar konsepsiyasini ilgari surgan, IT-tadbirkorlikni va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan,  ochiq ma'lumotlar asosida ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha “Open Data Challenge 2019” tanlovi (xakaton) bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT-park), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki va O'zbekistondagi BMT taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tadbirlar O'zbekistonda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirish, joriy vaziyat, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llarini aniqlash, ochiq ma'lumotlar portallari faoliyatining muvaffaqiyatli xalqaro tajribasini o'rganish, ushbu sohada amaliy bilimlarni almashish masalalariga bag'ishlanadi.

“Open Data Challenge 2019” tanlovi doirasida “Ma'lumotlar jurnalistikasi, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, ma'lumotlarni dasturiy qayta ishlash” mavzusida trening hamda ochiq ma'lumotlar asosida eng yaxshi jurnalistik materiallarni tayyorlash bo'yicha tanlov o'tkazish rejalashtirilgan.

Поделиться