O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiya

BMT tuzilmalaridagi uchrashuvlar to‘g‘risida

22.07.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 20-iyul kuni Vena shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi (BMT GMJQKB) ijrochi direktori Gada Vali, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (IAEA) Bosh direktori Rafael Grossi va BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) bosh direktori Li Yong bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Davlat statistika qo‘mitasi vakili korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro vebinarda qatnashdi

09.07.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 7- iyul kuni “Korrupsiyaning oldini olish organlari – tashkil etish va samarador faoliyatning amaliy yechimlari” mavzusida onlayn xalqaro vebinar o‘tkazildi.

YXHTning raqamli texnologiyalar davrida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha konferensiyasi haqida

07.07.2020TexnologiyalarManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov “Raqamli texnologiyalar davrida samarali boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurash: shaffoflik, yaxlitlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash” mavzusida yuqori darajadagi konferensiyada ishtirok etdi. Tadbir Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) tomonidan videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi.

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi: vazirlikda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi aynan shu mavzuga bagʻishlandi

02.07.2020SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansabini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi hokimiyatning obroʻsizlanishi, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishi, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʻladi. Bu oʻz oʻrnida korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi hamda oʻsha davlatning tanazzuliga olib keladi. Har bir jamiyatda mavjud boʻlgan bu kabi illatlarga qarshi ayovsiz kurashish borasida mamlakatimizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimining yangi islohot davri

02.07.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Parlamentga murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta’minlash va korruptsiyaga qarshi qat’iy kurashish bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdi.

Oliy taʼlim, qurilish va sogʻliqni saqlash sohalarida korrupsiya

01.07.2020JamiyatManba: O'zA

Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Bosh prokuror oʻrinbosarining sogʻliqni saqlash, taʼlim va qurilish sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi.

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

29.06.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

YXHTning Ekologik-iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha uchrashuv to‘g‘risida

16.06.2020Xavfsizlik sohasi

2020-yilning 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) 28-ekologik-iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ikkinchi uchrashuvda ishtirok etdi. Tadbir videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: suv toshqini biz uchun achchiq saboq boʻldi

05.05.2020SiyosatManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni videoselektor yigʻilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan favqulodda hodisalarga yana bir bor alohida toʻxtalib oʻtdi. 

Toshkentda oliy ta’limda korruptsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya o‘tkazilmoqda

28.02.2020Ta’lim

2020-yil 27-28-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Oliy ta’lim - korruptsiyasiz soha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazilmoqda.

Oliy ta’limda korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish: muammo va ta’sirchan choralar

28.02.2020Ta’lim

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy Majlis Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan “Oliy ta’lim sohasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish: muammo va ta’sirchan choralar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tibbiyotdagi korruptsion holatlarni bartaraf etish borasida qat’iy choralar ko‘rilmoqda

25.02.2020Sog‘liqni saqlash

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot tizimida korrupsiyaning oldini olish va korrupsiya ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi ishlar haqidagi axboroti eshitildi.

Sogʻliqni saqlash tizimida korrupsiya qachon barham topadi?

25.02.2020Sog‘liqni saqlash

Maʼlumotlarga koʻra, 2018-2019-yillarda mamlakatdagi sogʻliqni saqlash xodimlarining 581 nafari turli jinoyat sodir etib, javobgarlikka tortilgan. Shulardan 114 nafari korrupsion jinoyatdir. Tizimda oʻtkazilgan ichki audit natijasida oʻtgan ikki yil davomida jami 36,2 milliard soʻmlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan.

Xalq taʼlimi tizimida yangi davlat xizmati joriy etilmoqda

18.02.2020Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatishni yana-da takomillashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida hujjatlarning dublikatini berishda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiya holatlarini oldini olish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish maqsadida yana bir muhim qadamni tashlamoqda.

Adliya korruptsiyaga qarshi qanday kurashmoqda?

13.02.2020Jamiyat

Korruptsiyaga qarshi kurash nimani anglatadi? Yon-atrofimizda korruptsiya alomatlarining borligini. Bu xuddi organizmga bexos tushgan virusga o‘xshaydi. Toki unga qarshi kishida kuchli immunitet yaralmas ekan, har qanday dori-darmon kor qilmasligi mumkin. Shu jihatdan olib qaralsa, korruptsiya illatiga qarshi kurashni jadal sur’atda olib borishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Chunki korruptsiya nafaqat demokratiyaning, umuman har qanday taraqqiyotning oldida turgan g‘ov.

Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtiriladi

11.02.2020Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Soliq organlarida korruptsiyaga yo‘l yo‘q

11.02.2020Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida korruptsiya illatining oldi olinmasa, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmasligi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmasligini ta’kidlagan edi.