O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiya

“Ochiq byudjet” portali ishga tushadi

06.12.2018Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “Fuqarolar uchun byudjet 2019” mavzusidagi tadbir davomida mutaxassislar byudjet masalalariga oid maʼruzalar oʻqib, taqdimotlar oʻtkazmoqda. Oʻzbekistonda 2019 yildan boshlab, fuqarolarning byudjet taqsimotidagi ishtirokini taʼminlash mexanizmlari joriy etiladi. Unga koʻra, shahar va tumanlar byudjetlarining eng kamida 10 foizlik qoʻshimcha manbalari jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladi. 

Adliya vazirligi BMTTD bilan qoʻshma loyiha doirasida korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ilgʻor tajribalarni oʻrganmoqda

29.11.2018Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi vakillaridan iborat qoʻshma delegatsiya Singapur va Koreya Respublikasiga joʻnab ketdi.

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

29.11.2018Jamiyat

Bugungi “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusidagi seminar Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunida, 2017-2018-yillarga moʻljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Davlat dasturi doirasida, hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining 4-sonli yigʻilish bayonida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini, shuningdek, davlat va jamiyat hayoti faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida olib borildi.

Korrupsiya – halokatga yoʻl!

08.10.2018Jamiyat

Korrupsiya shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.

Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha insholar tanlovining 1-bosqichi uchun mavzu eʼlon qilindi

04.10.2018Jamiyat

Adliya vazirligi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlov eʼlon qilgan edi.

Qoraqalpog‘istonda korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi

07.08.2018Jamiyat

Hozirgi vaqtda dunyo hamjamiyatini qiynab kelayotgan global muammolarning biri – korrupsiya hisoblanadi. Aslida, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga ta’sir qiluvchi xavfli jinoiy hodisaning ko‘p tarqalgan turiga kiradigan korrupsiya illati har qanday davlatning rivojlanishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Agentlikda “Korrupsiya - milliy xavfsizlikka tahdid“ mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

20.07.2018Jamiyat

Joriy yilning 19 iyul kuni Agentlikda korrupsiya holatlarini oldini olish, bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan muhim ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratish, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish maqsadida Agentlik rahbariyati va patent vakillari o‘rtasida ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlik istiqbollari

20.06.2018Jamiyat

Avstriya Respublikasiga tashrif doirasida Bosh prokuratura delegatsiyasining Laksenburg shahridagi Xalqaro antikorrupsiya akademiyasida mazkur akademiya rektori Martin Kroytner bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«O'zbekiston xususiy sektorida korrupsiyaga qarshi kurashishga ko'maklashish» loyihasini amalga oshirish bo'yicha axborot seminari o'tkazildi

13.06.2018Jamiyat

Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar jarayonida korrupsiya mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy-siyosiy rivojlanishiga jiddiy tahdid soluvchi xavf-xatarlardan biri deb ko'rilmoqda.

“Korrupsiya – milliy-ma’naviy xavfsizlikka tahdid”

01.05.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi”da korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda olib borish vazifasi belgilangan. 

Moliya vazirligi ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish tashabbusi bilan chiqmoqda

27.04.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va vazirlik huzuridagi O‘quv markazi «Davlat xizmatchisining xizmat majburiyatlari bajarilishining samaradorligi mezonlari, standartlari va uning sifatini baholash tizimi: milliy va xorijiy tajriba» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazdi.

Biz korrupsiyaga qarshimiz

19.04.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiya - jamiyat rivojiga to‘siq

02.04.2018Jamiyat

Korrupsiya – davlat va jamiyat xavfsizligiga rahna soluvchi eng xatarli illatlardan biridir. Chunki, korrupsiya chegara bilmaydi. Bu insonning nafsi bilan bog‘liq jarayondir. Shuningdek, aynan korrupsiya sababli boshqa xavfli illatlar shakllanishiga yo‘l ochilishi hech kimga sir emas.

Sport sohasidagi korrupsiya holatlari bilan maxsus boshqarma shug‘ullanadi

06.03.2018Jamiyat

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish belgilandi.